Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari hamda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarini nazorat qilish maqsadida tuman prokurori Aziz Uralov, XDP Boyovut tuman kengashi raisi, deputat Axrorjon Ibodullayev va tuman MMTB xodimi Q. Jabborovlar mazkur ta’lim maskaniga tashrif buyurishdi.
➡️Tashrif davomida o‘quvchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ishlar va bunyodkorlik jarayonlari atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, mas’ullar tomonidan zarur tavsiyalar berildi hamda belgilangan ishlar o‘z vaqtida va sifatli yakunlanishi lozimligi ta’kidlandi.
➡️Hozirda maktabda yakuniy bezak ishlari, sinf xonalarini qurilish qoldiqlaridan tozalash, hududni obodonlashtirish va maktab hovlisi hamda kirish qismini betonlash ishlari olib borilmoqda.