Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari deputati G‘ayratjon Abdullayev tomonidan 7, 16, 17 hamda 25-sonli DMTTlar faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida deputatlik nazorati yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.
O‘rganishlar davomida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining kuzgi-qishki mavsumga tayyorgarlik holati va bu borada ko‘rilayotgan chora-tadbirlar hamda autsorsing asosida tarbiyalanayotgan bolajonlarning taomnomasida belgilangan oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanishi va taomlarning sifatiga alohida e’tibor qaratildi.
SHuningdek, 7-DMTT mehnat jamoasi tomonidan ushbu tashkilotning binosi joriy ta’mirlashga muhtojligi yuzasidan bidirgan murojaatidan kelib chiqib, deputat G‘.Abdullayev mazkur murojaat yechimi bo‘yicha tumandagi mas’ul mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishini ta’kidlab o‘tdi.