Новости

"Qalb ekologiyasi" rasmlar tanlovi tashkil etildi

Unda O‘zbekiston Ekologik partiyasi vakillari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining Toshkent shahar bo‘linmasi boshlig‘i H.Qo‘chqorova, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sevara Fayziyeva hamda Mirobod tuman Kengashi deputati H.Kayumov, ekofaol fuqarolar, mahallada istiqomat qiluvchi yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirda bolalar tomonidan ekologiyani asrab-avaylashga qaratilgan rasmlar chizildi. Eng faol va chiroyli rasmlar chizgan bolajonlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Yakunda bolajonlar uchun tushlik dasturxoni va muzqaymoqlar taqdim etildi.

Slide 1 of 5