Новости

Jamoatchilik nazorati

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining “Qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari ” bo‘yicha doimiy komissiya raisi B.Toshpo‘latov, Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati N.Xosilmurodov hamda shahar Kengashi kotibiyati masʼul xodimlari bilan birgalikda “Do‘stlik” MFY hududidagi 1,2,3-sonli ko‘p qavatli uylarining kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha olib borilayotgan taʼmirlash ishlari bo‘yicha jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganib chiqildi. Monitoring davomida ko‘p qavatli uylarda fasad qismlarini bazalt qoplamalari bilan qoplash, tom qismlarini taʼmirlash, elektr shitlarning jihozlarini yangilash ishlariga alohida ahamiyat qaratildi. O‘rganishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ishlarni sifatli bajarilishi yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Deputatlar tomonidan mazkur qurilish va taʼmirlash ishlari bo‘yicha nazorat va monitoring qilish davom etmoqda.

Slide 1 of 10