Ayni paytda mazkur shifokorlik punktida “Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan 2 milliard so‘mga “SHERZOD TREST 1111” MCHJ tomonidan rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda.
2025-yil 20-avgust holatiga ko‘ra:
⚫️70 foiz ishlar bajarilgan,
⚫️binoning tashqi fasad qismi tugatilgan,
⚫️ichki ta’mirlash ishlari yakunlanish arafasida,
⚫️kanalizatsiya va isitish tizimlarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
O‘rganishlar davomida ayrim muammolar ham aniqlandi:
⚫️9-OShP qurilishi – loyiha hujjatlarida aniqlik yetarli emasligi sababli har kuni turli o‘zgarishlar kiritilmoqda. Masalan, dastlabki loyihada rezervuar mavjud bo‘lgan bo‘lsa, amaldagi loyihada u ko‘zda tutilmagan.
⚫️Suv va elektr ta’minoti – hududda ichimlik suvi va elektr energiyasi bilan ta’minotda jiddiy uzilishlar kuzatilmoqda. Suv va elektr tez-tez o‘chib qolayotgani aholiga ham, qurilish jarayoniga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
⚫️Vaqtinchalik choralar – mavjud muammolarni qisman bartaraf etish maqsadida bugungi kunda dvijok o‘rnatilib, foydalanilmoqda.