Xalk deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashiga 7-Gʻ.Gʻulom va 1-Do‘stlik saylov okruglaridan saylangan deputatlar B.Xiloliddinov va K.Usmonovlar Gʻallaorol shahrining ikki mahalla chegarasi bo‘lmish Sho‘rbuloq kanalining 600 metr uzunlikdagi qismida lanshaft ishlarini borishi bilan tanishdi. Mazkur ishlar tasdiqlangan loyiha asosida olib borilayotganligi va 10 ish kunida tuliq yakunlanishi kutilayotganligi maьlum bo‘ldi. Suhbat jarayonida ko‘tarilgan savollarga vakolat doirasida javoblar berildi.