Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati R.Sodikova o‘z saylov okrugidagi tadbirkorlar bilan muloqot qilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 14 noyabrda qabul qilingan PF–184-sonli “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan yangi huquqiy kafolatlar va yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, uchrashuv ishtirokchilari bilan tadbirkorlik faoliyatida uchrayotgan ayrim masalalar muhokama qilinib, ularning fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi. Qonunchilikdagi yangiliklarni amaliyotga to‘g‘ri tatbiq etish hamda tadbirkorlarning huquqlarini ta’minlash yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.