Новости

Последние новости

SAYLOVCHILAR MUROJAATI ASOSIDA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

📌 Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Muxiddin Yarashev tomonidan saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda bildirilgan murojaatlar asosida Navbahor mahallasining Do‘stlik, Shodlik, Amir Temur, Sobir Rahimov hamda Xorazm ko‘chalarida istiqomat qiluvchi aholining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash masalasi yuzasidan Tuproqqal’a tumani Obodonlashtirish boshqarmasiga deputat so‘rovi yuborildi.

✅ Deputat so‘rovida murojaatda ko‘rsatilgan holatlarni qonunchilik asosida atroflicha o‘rganish, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish hamda belgilangan muddatda asoslantirilgan javob taqdim etish so‘ralgan. Mazkur masala deputat tomonidan alohida nazoratga olingan. ⚖️🤝