Новости

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbarining hisoboti o‘rganildi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Akbar Bekchanov navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari S. Allayorovning 2026-yil II chorak yakunlari bo‘yicha hisobotini o‘rgandi.

O‘rganish tuman hokimining birinchi o‘rinbosari bosh mutaxassisi Mirjalol Yusupov ishtirokida o‘tkazildi. Jarayonda markaz tomonidan II chorakda amalga oshirilgan ishlar, aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar samaradorligi hamda mavjud muammolar tahlil qilinib, hisobotni sessiyada muhokama qilish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Slide 1 of 1