Новости

Kengash_faoliyati
#kunlik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_masala
#Deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi
#162_qonun

🗣Tinchlik va xavfsizlik nazoratda: "Navro'z" mahallasida profilaktika inspektori faoliyati tahlil qilindi

⏺Bandixon tumanida tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, jamoat tartibini saqlash hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish masalalari deputatlarimizning doimiy diqqat markazida turibdi.

📍Navbatdagi o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E.Jurayev hamda tuman Kengashi bosh mutaxassis B.Qurbonovlar tumandagi"Navro'z" mahallasida bo‘ldilar.

💬o‘rganish jarayonida mahallada xavfsizlikni ta'minlashning eng muhim bo‘g‘ini bo‘lgan profilaktika inspektorining faoliyati tahlil qilindi.

💬Ushbu nazorat-tahlil jarayoni O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-371-sonli “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni talablari doirasida tashkil etilib, profilaktika inspektorining bugungi kundagi ish samaradorligi quyidagi yo‘nalishlar kesimida atroflicha ko‘rib chiqildi:

🟢Jinoyatchilikning oldini olish: Mahalla hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida profilaktika inspektori tomonidan amalga oshirilayotgan tizimli choralar, profilaktik tadbirlar va ularning amaldagi natijadorligi;

🟢Jamoat tartibini saqlash: Jamoat tartibini saqlash, fuqarolar osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash hamda mahalla hududida tinch muhitni yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘lami;

🟢"Xonadonbay" tizimi va maqsadli guruhlar bilan ishlash: Aholi, ayniqsa, yoshlar, tarbiyasi og‘ir o‘smirlar va profilaktik nazorat (hisob)da turuvchi shaxslar bilan olib borilayotgan tushuntirish-targ‘ibot ishlari, yakka tartibdagi suhbatlar hamda "xonadonbay" ishlash tizimining samaradorligi.

💬"Profilaktika inspektori mahallaning ko‘zi va qalqoni bo‘lishi shart. Har bir xonadonning sharoitidan xabardor bo‘lish, muammolarni nizoli vaziyatga yetmasdan oldin aniqlash va qonuniy choralar ko‘rish — asosiy vazifadir. Bu borada profilaktika inspektori mahalla raisi va boshqa faollar bilan doimiy va mustahkam hamkorlikda ishlashi lozim," — deya ta'kidladi E.Jurayev.

🫥O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, "mahalla yettiligi" va profilaktika inspektori hamkorligini yanada kuchaytirish hamda hududda jinoyatchilikdan xoli muhit yaratish yuzasidan mas’ullarga aniq tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Slide 1 of 2