Новости

Investitsiya loyihalarini o‘rganish davom etmoqda

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich “Ekspert guruhi” va “Yoshlar maslahat guruhi” a’zolari bilan birgalikda hududda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini o‘rganishni davom ettirdi.

🏗 Navbatdagi manzilda Taxiatosh tumani hokimining investitsiya va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari T.Muzrabov hamrohligida yosh tadbirkor K.Djumanbetov tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan barpo etilayotgan avtomobillarni yuvish shoxobchasi ko‘zdan kechirildi.

🚗 O‘rganish davomida qurilish ishlari yakunlangani, obyektni ishga tushirish uchun zarur uskuna va jihozlarga buyurtma berilgani hamda shoxobcha yaqin kunlarda faoliyat boshlashi ma’lum qilindi.

⚡️ Yosh tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilayotgan bunday investitsiya loyihalari yangi ish o‘rinlarini yaratish, xizmatlar sifatini oshirish va hudud iqtisodiy rivojiga munosib hissa qo‘shishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1