Новости

#24_masala

Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi deputati F. Siddiqov hamda tuman Kengashi kotibiyati xodimlari ishtirokida “Do‘stlik” mahallasida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda mikro loyihalarni amalga oshirish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, ushbu yo‘nalishlarda yuritilayotgan tahliliy hujjatlar, hisobotlar va monitoring natijalari ko‘zdan kechirilib, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligiga baho berildi.
Yakunda aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berilib, mahallada aholi farovonligini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlarni yanada jadallashtirish zarurligi ta’kidlandi.
✅Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 3