Новости

Deputat nazorati: Shovot tumanidagi kichik sanoat zonalari holati oʻrganildi

Xalq deputatlari viloyat Kengashi O'zLiDeP deputati A.Ishchanov tomonidan Shovot tumanidagi kichik sanoat zonalari faoliyati hamda ularda qonunchilik talablarining bajarilishi oʻrganildi.

📚Oʻrganish davomida sohaga oid asosiy huquqiy asos — “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (OʻRQ-604-son, 17.02.2020-y.) talablarining joylardagi ijrosi va tadbirkorlarga yaratilgan sharoitlar tahlil qilindi.

Joriy holat boʻyicha asosiy maʼlumotlar:

🟠 KSZ (Paxtakor MFY)

Maydoni: 2,8 gektar (foydali maydon 1,0 ga, 22 ta lotga boʻlingan).

Infratuzilma: Barcha kommunikatsiya tarmoqlari bilan toʻliq taʼminlangan.

Lotlar holati: 19 ta lotda 15 ta loyiha joylashtirilib, ishga tushgan. Biroq hozirgi kunda 3 ta lotdagi loyihalar faoliyati toʻxtab qolgan.

Boʻsh yerlar: 3 ta boʻsh lot elektron onlayn auksion savdolariga chiqarilgan.

✅ Deputat A.Ishchanov tomonidan tadbirkorlarning qonuniy huquqlarini taʼminlash va sanoat zonalari samaradorligini oshirish boʻyicha tegishli mutasaddi tashkilotlarga soʻrovlar yuborilishi belgilandi.

Slide 1 of 4