Новости

🔰Investitsiya loyihalari ijrosi deputatlar nazoratida

➡️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi raisi L.Behbudova hamda Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 24-Ushot saylov okrugidan saylangan deputat I.Ro‘ziyev hamkorligida “Istiqlol” mahallasida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining borishi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
➡️O‘rganish davomida loyihalarning amalga oshirilish holati, belgilangan rejalar ijrosi, yangi ish o‘rinlari yaratish va investitsiya mablag‘larining samarali o‘zlashtirilishi masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
➡️Mazkur o‘rganishlar deputatlik nazorati doirasida investitsiya loyihalarining samaradorligini oshirish va hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3