Dasturning bajarilishi amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-49-son qarori ijrosini taʼminlash doirasida Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi raisi O. Radjobov, Qoʻshkoʻpir tumani Kengashi raisi M. Tangriberganov hamda Doʻstlik fuqarolar yigʻini raisi, "Qoʻshkoʻpir taʼmir qurilishi" XK bosh muhandisi ishtirokida tumandagi ogʻir toifaga kiritilgan Doʻstlik mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib oʻrganildi.
Oʻrganish jarayonida hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholining turmush farovonligini oshirish hamda mahallani kompleks rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Mutasaddilarga belgilangan vazifalarni sifatli va oʻz muddatida bajarish, har bir loyihaning samaradorligini taʼminlash yuzasidan tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.