Новости

Последние новости

Fuqarolar qabuli o‘tkazildi

 Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati D. Sattarova
“Madaniyat” mahallasida navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi. Sayyor qabul
davomida fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar tinglanib, ularning
murojaatlari yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
 

Tadbirda mahalla yettiligi a’zolari, xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar hamda
mutasaddi tashkilotlar vakillari faol ishtirok etib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish va mavjud muammolarni hal etish
masalalari yuzasidan ochiq muloqot olib borildi.
 

Deputat tomonidan saylovchilar bilan muntazam muloqotni yo‘lga qo‘yish,
ularning manfaatlarini himoya qilish hamda joylardagi dolzarb masalalarni
amaliy yechim topish orqali xalq ishonchini mustahkamlash muhim vazifa ekani
alohida ta’kidlandi.
  

Slide 1 of 1