Новости

Последние новости

Xalq deputatlari Samarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Samarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.

Joriy yilning 7-aprel kuni Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi tashabbusi bilan shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida xaftalik taxliliy yig‘ilish Zoom platformasi orqali o‘tkazildi.

✅ Yig‘ilishda Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati xodimlari va viloyat Saylov komissiyasi raisi o'rinbosari S.Nazarov ishtirok etishdi.

✅ Sessiyalar jarayoni, qabul qilinayotgan qarorlarning qonuniyligi, deputatlarning faolligi hamda kotibiyatlarning ijro intizomi atroflicha ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, ayrim hududlarda faoliyat natijalarini aholiga yetkazishda sustkashliklar kuzatilgani qayd etildi.

👍 Bu borada axborot siyosatini kuchaytirish, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali faoliyatni muntazam yoritib borish, shuningdek kotibiyatlar ishini tizimli ravishda nazorat qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4