Новости

Последние новости

Obodonchilik ishlari mahalla ahli bilan muhokama qilindi

Хalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati B.Sadikova tomonidan Turkman mahallasi fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

✅Uchrashuv davomida mahallada olib borilayotgan obodonchilik ishlari, hududni yanada fayzli va ozoda saqlash, ichki yo‘llarni tartibga keltirish hamda aholi uchun qulay sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

✅Shuningdek, fuqarolarning taklif va murojaatlari tinglanib, mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan fikr almashildi.

✅Mahalla obodligi va aholi farovonligini ta’minlash borasidagi ishlarni hamkorlikda davom ettirish ta’kidlandi.

Slide 1 of 2