Новости

Последние новости

Yangiobod mahallasida aholi murojaatlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati X.Sulaymonova tomonidan Yangiobod mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazilib, fuqarolarni qiynayotgan muammolar va murojaatlar o‘rganildi.
Uchrashuv davomida kommunal xizmatlar, yo‘llar ta’miri, bandlik, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar va xotin-qizlarga oid masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi.
Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechimlar belgilab olindi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning dardu tashvishlarini eshitish va muammolarni joyida hal etish — xalq manfaatlariga xizmat qilishning muhim yo‘nalishidir.

Slide 1 of 1