Новости

Последние новости

Fuqaro murojaati joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan shaharning “A.Zohiriy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi fuqaro bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda “Qo‘rg‘oncha” ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro A.Valiev tomonidan mahalla fuqarolar yig‘ini binosini qayta rekonstruksiya qilish hamda yangidan qurish zarurligi yuzasidan murojaat bildirildi.

Ushbu murojaat atroflicha o‘rganilib, mavjud holat va fuqaroning takliflari yuzasidan fikr almashildi.

Masalani qonuniy va tizimli hal etish maqsadida fuqaroga amaldagi qonunchilik talablari asosida huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, murojaatda ko‘tarilgan masalani ijobiy hal etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar olib borilishi ta’kidlandi.

Fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, ularni qiynayotgan muammolarga amaliy yechim topish va aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish borasidagi ishlar davom etmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2