Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi 11-okrug deputati Farxod Miraxmedov tomonidan o‘z saylov okrugidagi “Yangiobod” mahallasida joylashgan 1-sonli umumta’lim maktabining sport zali hamda undagi sport anjomlari bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida sport inshootining mavjud sharoitlari ko‘zdan kechirilib, o‘quvchilarning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilgan imkoniyatlarga e’tibor qaratildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.