Новости

Последние новости

Fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Fuqarolar qabuli
Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati X. Ibragimov “Iqbol” mahallasida navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi. Qabul jarayonida mahalla yettiligi, ijro hokimiyati vakillari hamda mutasaddi tashkilotlar ishtirok etib, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan murojaat va muammolar atroflicha muhokama qilindi.
Deputat tomonidan aholi bilan ochiq muloqot olib borilib, bir qator masalalar joyida ijobiy hal etildi. Yechimi vaqt talab qiladigan murojaatlar yuzasidan esa tegishli tartibda nazorat o‘rnatilib, fuqarolarga huquqiy tushuntirish va amaliy maslahatlar berildi.
Bunday sayyor qabullar aholi manfaatlarini himoya qilish, hududdagi ijtimoiy muammolarni tizimli bartaraf etish hamda xalq bilan davlat organlari o‘rtasidagi ochiq va samarali muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.                     

Slide 1 of 1