Majlisni doimiy komissiya raisi E.Yunusov olib bordi. Unda kotibiyat mudiri A.Ermatov, doimiy komissiya a’zolari hamda ekspert-maslahat guruhi vakillari ishtirok etdilar.
Unda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga ajratilayotgan mablag‘larning samaradorligini oshirish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.
Yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-17-son Farmoni ijrosiga alohida e’tibor qaratildi. Ta’kidlanganidek, mazkur farmon ijtimoiy himoya tizimida shaffoflikni ta’minlash, mablag‘larni manzilli yo‘naltirish hamda ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Komissiya yig‘ilishida mutasaddi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, ajratilgan budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi mavjud holat yuzasidan axborotlar eshitildi.