Новости

Последние новости

XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputati K.Narchayev tomonidan o'rganishlar asosida masala ko‘tarildi.

“Shalxar” OFY hududidagi 6-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining isitish tizimi (isitish qozoni) nosoz holatda ekanligi aniqlandi.

Mazkur holatni inobatga olib, Uchquduq tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i S.Sayfiddinovga deputat so‘rovi yuborilib, “Shalxar” OFY hududidagi 6-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining isitish tizimi (isitish qozoni)ni to‘liq ta’mirlash choralarini ko‘rish masalasi qo'yildi.