Новости

Последние новости

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati Y.Safarov tomonidan hudud saylovchilaridan kelib tushgan murojaat joyiga chiqib o‘rganildi.

Jumladan, hududdagi Bog'ishamol MFY Sohil bo‘yi ko‘chasida ichki yo‘llarning nosoz holatga kelib qolgani, fuqarolar harakatlanishi uchun noqulayliklar yuzaga kelayotgani hamda yo‘llarni ta’mirlash zarurligi bo‘yicha murojaat kelib tushgan.

Murojaat yuzasidan deputat hududga chiqilib, mavjud holat atroflicha o‘rganildi. O‘rganish davomida yo‘llarning ayrim qismlarida ta’mirtalab holatlar mavjudligi, ayniqsa, yog‘ingarchilik mavsumida fuqarolar uchun qator noqulayliklar yuzaga kelayotgani qayd etildi.

Shuningdek, murojaatda ko‘tarilgan masalani ijobiy hal etish bo'yicha deputatlik so'rovi chiqarilishi ta’kidlandi

Slide 1 of 3