Новости

Последние новости

Deputat yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

                 “Payshanba — Yoshlar kuni” doirasida Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati N. Abdumo‘minova ishtirokida Abdullabiy MFYda yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda MFY raisi S.
Kamolov, yoshlar yetakchisi Sh. To‘lanov hamda uyushmagan yoshlar va maktab o‘quvchilari ishtirok etdilar. Tadbir davomida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, ta’limga qiziqishini oshirish hamda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama
qilindi. Shuningdek, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va jamiyatdagi faolligini oshirish bo‘yicha fikr va tavsiyalar bildirildi.
  

Slide 1 of 3