Новости

Последние новости

Aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Mavlonov Azam Qarshiyevich tomonidan Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalarning 2-yo‘nalishi — aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati yuzasidan tumandagi 35-sonli oilaviy poliklinikada o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida hududdagi tibbiyot muassasalarida aholiga yaratilgan sharoitlar, tibbiy xizmatlarning sifati hamda murojaatlarga munosabat masalalari ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga taklif va tavsiyalar berilishi belgilandi.

Slide 1 of 3