Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Nafisa Qurbonova mahalladagi xotin-qizlar faoli ish faoliyati bilan tanishdi.
O‘rganish davomida xotin-qizlarni band qilish, oilalarga daromad manbai yaratish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ko‘rsatilayotgan yordamlar tahlil qilindi. Shuningdek, ajrimlarning oldini olish, xotin-qizlarni kasbga o‘qitish va zo‘ravonlikka qarshi profilaktika ishlari muhokama qilindi.
Deputat tomonidan xotin-qizlar uchun yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tavsiyalar berildi.