Новости

Последние новости

Tuproqqal’a tumanida ekologiya va “Yashil makon” dasturi bo‘yicha muhim qaror qabul qilindi.

Mazkur qarorga ko‘ra, tumanda ekilgan 512 mingdan ortiq daraxt ko‘chatlarini saqlash, sug‘orish va parvarishlash ishlari ustidan nazorat kuchaytiriladi. “Yashil makon” dasturi doirasida yangi yashil hududlarni kengaytirish, qo‘shimcha manzilli rejalar ishlab chiqish hamda yangi sug‘orish tizimlarini joriy etish belgilandi.

Shuningdek, ekologik reyd tadbirlarini davom ettirish, noqonuniy chiqindi tashlash va atrof-muhitni ifloslantirish holatlariga qarshi qat’iy choralar ko‘rish, aholining ekologik madaniyatini oshirish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini kuchaytirish vazifalari belgilab olindi.

Bundan tashqari, “Toza hudud” DM tomonidan sanitariya xizmatlari qamrovini bosqichma-bosqich 100 foizga yetkazish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 2