#jarayon
#Aholi bandligi masalalari o'rganildi
📍Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi deputati D.Ataxodjayeva, kotibiyat mudiri B.Baxovadinov va kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Eshovlar ishtirokida tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi faoliyati o'rganildi.
🖋O‘rganish davomida bo‘lim tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularning yechimlari yuzasidan tahlillar olib borildi. Xususan, aholining bandligini ta’minlash borasida yaratilayotgan yangi ish o‘rinlari, kasb-hunarga o‘qitish kurslari, subsidiya va kreditlar ajratish tizimi ko‘rib chiqildi.
📌Deputatlar tomonidan ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish sifatini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligi ta’kidlandi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube