Новости

Последние новости

📚 Kitob — tafakkur va ma’naviyat kaliti!

Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati R.Sodikova tashabbusi bilan yoshlarda kitobga bo‘lgan mehr va qiziqishni oshirish maqsadida “Kitobim-quyoshim” shiori ostida tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida yoshlar turli mazmundagi kitoblar bilan tanishib, mutolaaning inson hayotidagi ahamiyati haqida fikr almashdilar. Shuningdek, kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratildi. 📖

Bu kabi ma’naviy tadbirlar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, bilimga intilishini kuchaytirish hamda ular qalbida kitobga muhabbat uyg‘otishga xizmat qiladi.

Faol ishtirok etgan barcha yoshlarga minnatdorchilik bildiramiz!

Birgalikda harakat qilsak, albatta natija bo‘ladi!

Siz ham bizni kuzatib boring!

Slide 1 of 4