Новости

Arnaboyi mahallasidagi ko‘prik holati yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.

O'zLiDePdan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari U.Abduraxmanov tomonidan mahallalarda olib borilgan o‘rganishlar davomida Arnabo'yi mahallasidan Tosh yop OFY hududiga olib chiquvchi yo‘ldagi ko‘prikning texnik holati xavfli avariya holatida ekani aniqlandi.

Mazkur ko‘prikdan har kuni mahalla aholisi, transport vositalari hamda o‘quvchilar muntazam foydalanib kelmoqda. O‘rganish jarayonida ko‘prikning ayrim qismlarida yemirilish holatlari, yon tomonlarida nosozliklar va xavfsizlik talablariga javob bermaydigan kamchiliklar mavjudligi kuzatildi.

Mazkur muammolar yuzasidan mutassadi tashkilotga deputat so'rovi yuborildi.

Slide 1 of 2