#Deputat_sorovi
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Axunov Jamshid Shodiyevich tomonidan Xosa mahallasida aholi murojaatlari o‘rganildi.
Murojaatga asosan mahalla hududidagi eski chiqindixona yer maydonining bir qismini yo‘l sifatida foydalanish, ushbu joyning hozirgi kundagi maqomini aniqlash va aholiga tushuntirish berish hamda muammoni bartaraf etish masalalari ko'tarilgan.
🔼Aniqlangan muammo yuzasidan J.Axunov tomonidan kadastrlar palatasi tuman filiali rahbari X.Muxtasamovga deputatlik so'rovi yuborildi.
✍️Mazkur masala bo'yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mas'ul shaxsdan javob olingach, qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram