Новости

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Kotibiyatning ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati E.Otaboyevning deputatlik faoliyatiga ko‘maklashish maqsadida amaliy uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan 2026-yilning 1-choragida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, deputatlik faoliyati samaradorligini oshirish masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, deputatlik faoliyatida KPI tizimidan samarali foydalanish, deputat so‘rovlarini o‘z vaqtida yuborish hamda ularning ijrosini nazorat qilish yuzasidan fikr va takliflar almashildi.

Slide 1 of 5