Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi raisi P.Ro’ziboyev tomonidan shahardagi Xamjixatlik va Yuqoribog‘ mahallalaridagi loyihalarning borishi o’rganilib, loyihachi va pudratchi tashkilotlar bilan amalga oshirilishi belgilangan ishlarning holati tahlil qilindi. Muloqot davomida loyihalarning sifat va muddat jihatidan o‘z vaqtida bajarilishi, shuningdek, shaharsozlik normalari hamda amaldagi qonunchilik hujjatlariga qat’iy muvofiq kelishi yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.
O‘rganish davomida asosiy e’tibor aholi uchun yaratilayotgan qulayliklarga qaratildi. Jumladan, piyodalar yo‘laklarining qatnov qismidan xavfsiz ajratilishi, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘siqsiz muhit (panduslar) yaratish hamda tungi yoritish tizimlarining energiya tejamkorligini ta’minlash masalalari
ko‘rib chiqildi.