Новости

Bobur mahallasida OSHP faoliyati va sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyat mudiri F. Xolmuratova, 15-Mustaqillik saylov okrugi deputati J. Ochilov hamda Kengash huzuridagi Maslahat guruhi a‘zosi Farrux Orolov Bobur mahallasida bo‘lib, OSHP faoliyati bilan tanishdi.

✅O‘rganish davomida OSHP binosining ta’mirtalab holatda ekani, mavjud jihozlarning eskirganligi hamda ish jarayonida foydalanilayotgan DEMED dasturining barqaror ishlamasligi asosiy muammolar sifatida qayd etildi.

❇️Mazkur holatlar tibbiy xizmat ko‘rsatish samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani inobatga olinib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga taklif va tavsiyalar berildi.

📖Shuningdek, OSHP moddiy-texnik bazasini yaxshilash, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash hamda raqamli tizimlar uzluksiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilash rejalashtirildi.

Slide 1 of 7