Новости

Temirxo‘ja mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyat mudiri F. Xolmuratova hamda 15-Mustaqillik saylov okrugi deputati J. Ochilov Temirxo‘ja mahallasida bo‘lib, mahalla hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi.

✍️Tashrif davomida hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash borasida olib borilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.

✍️Shuningdek, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi, muammolarni joyida hal etish amaliyoti hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari tahlil qilindi.

📈O‘rganish yakunida ish samaradorligini oshirish, aholi bandligini ta’minlash va mahalla darajasida tizimli ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2