Uchrashuv davomida hududdagi mavjud muammolar atroflicha muhokama qilinib, quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
• Mahalla hududining obodonligi va atrof-muhit holatini yaxshilash
• Yoshlar uchun sport zali hamda bolalar maydonchalari faoliyatini kengaytirish
• Mahalla xotin-qizlar raisi Suyunchayeva Feruza va yoshlar yetakchisi Iqboloy Mahmudova bilan hamkorlikdagi ishlar
• Ajrim yoqasidagi oilalar bilan individual suhbatlar o‘tkazish va ularni qo‘llab-quvvatlash
Shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘ini a’zolari va oqsoqollar bilan birgalikda muammolar yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
✔️ Uchrashuv yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mahalladagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish hamda aholi turmush darajasini oshirish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Ko‘tarilgan masalalarning bir qismi joyida hal etildi, qolganlari esa mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ijrosini ta’minlash maqsadida nazoratga olindi.