Shovot tumanida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni sog‘lom ovqatlantirish tizimini tashkil etish holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
🔍 O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri Masharipov Izzat Masharipovich hamda 1-Kamiljon Otaniyazov saylov okrugi deputati Kariyev Mansur Omongeldiyevich ishtirok etdilar.
📄 Mazkur o‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-avgustdagi 472-son qarori bilan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi.
🍽 O‘rganish davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
o‘quvchilarni sog‘lom ovqatlantirish tizimi
taomlar sifati va xavfsizligi
sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi
keytering xizmatlari faoliyati
📊 Shuningdek, maktablarda ovqatlantirish jarayonining tashkil etilishi, taomlarning sifat darajasi hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha tahlil qilindi.
🎯 O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — o‘quvchilar salomatligini mustahkamlash, sifatli va xavfsiz ovqatlanish tizimini yanada takomillashtirishdan iborat.