Toshkent viloyati Bekobod shahri anklav hududida joylashgan “Bunyodkor” MFYda keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu ishlarda Xalq deputatlari 9-Bunyodkor saylov okrugidan saylangan shahar kengashining deputati Xusniddin Abdulqayumovning tashabbuskorligi alohida o‘rin tutmoqda. Bekobod shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari hamda mahalla faollari hamkorlikda ishtirok etib, hududni yanada ko‘rkam va yashil maskanga aylantirish yo‘lida
jonbozlik ko‘rsatmoqdalar. Gul ko‘chatlari ekildi, yashil maydonlar tozalandi va bezatildi, aholiga qulay muhit yaratish uchun amaliy ishlar bajarildi. Obod va ozoda mahalla - farovon hayot garovidir.