XALQ DEPUTATLARI BANDIXON TUMANI KENGASHI FAOLIYATI
Bugun 6-avgust sanasida Xalq deputatlari tuman Kengashining MAHALLIY BYUDJET, TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA IQTISODIY ISLOHOTLAR BO‘YICHA
DOIMIY KOMISSIYASI yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibidagi masala tuman O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-17-sonli Farmoniga asosan, Bandixon tuman hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish va Bandixon tuman maxalliy budjetining 2025-yil II-chorak yakuni bo‘yicha belgilangan daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan ajratilgan mablag'lar to‘g‘risidagi taklifini yuzasidan komissiya aʼzolarlari tomonidan muhokama qilindi.
Shuningdek, yig‘ilish so‘ngida komissiya tomonidan kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.