2025 yilning 29 may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mohira Xodjayeva Toshkent viloyati Qibray tumanidagi “GENIUS” xususiy maktabgacha ta’lim muassasasiga tashrif buyurdi.
Tashrifdan kо‘zlangan asosiy maqsad — maktabgacha ta’lim sifatini о‘rganish, bolalarga yaratib berilgan shart-sharoitlar bilan tanishish hamda tarbiyachi-pedagoglar faoliyatini qо‘llab-quvvatlashdan iborat bо‘ldi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar uchun yaratilgan zamonaviy о‘quv va shart-sharoitlarini kо‘zdan kechirib, ta’lim-tarbiya jarayoniga о‘zining fikr muloxazalarini bildirdi.
Tashrif davomida deputat maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash hamda pedagoglar malakasini oshirish yuzasidan о‘z takliflarini bildirdi.
Ta’lim davlat siyosatining eng muhim ustivor yо‘nalishlaridan biri ekanligi ta’kidlab о‘tildi