Новости

Qurilish obyektlari foydalanishga topshirildi

Qurilish obyektlari foydalanishga topshirildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Avliyakulov hamda Termiz tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi bosh mutaxassisi J.Qurbonov tomonidan 2025-yil 2-mavsum doirasida barpo etilgan Ruhiy qabulxona hisobxona bo‘limi hamda ruhiy utilizatsiya binosining hozirgi holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mazkur obyektlarda olib borilgan qurilish ishlari to‘liq yakuniga yetgani hamda binolar foydalanishga topshirilgani qayd etildi. Shuningdek, yaratilgan sharoitlar, moddiy-texnik imkoniyatlar va aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun tashkil etilgan infratuzilmalar bilan yaqindan tanishildi.

Mas’ullar tomonidan obyektlardan samarali foydalanish hamda mavjud sharoitlarni asrab-avaylash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 7