Новости

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati Z. Mullajonovning saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Uchrashuv davomida hudud aholisi tomonidan ko‘tarilgan dolzarb muammolar, xususan, ichimlik suvi ta’minoti, yo‘l infratuzilmasi, ishsizlik masalalari, yoshlar bandligi, nogironligi bo‘lgan fuqarolarga ko‘maklashish kabi masalalar muhokama qilindi. Fuqarolarning murojaatlari deputat va mutasaddilar tomonidan yozib olindi va ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Z.Mullajonov o‘z chiqishida, deputatlik faoliyatining asosiy maqsadi — xalq dardi bilan yashash, ularning muammolariga befarq bo‘lmaslik ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, u hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahallalarning obodligi va aholi farovonligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida saylovchilarga ham hisobot berdi. Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tdi, aholi vakillari o‘z fikr-mulohazalarini erkin bayon etish imkoniga ega bo‘ldi.