Новости

Joriy yilning 27-sentabr kuni Olmazor tumani 8-TABASSUM saylov okrugi deputati Samandar Ismailov navbatdagi uchrashuvini hudud aholisi bilan o‘tkazdi. Tadbir 3-chorak yakunlari va qish mavsumiga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlandi.

 Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan asosiy masalalar:

– BSK faoliyatining qoniqarsizligi;

– imtiyozli davolanish va dori-darmon olish;

– ichki yo‘llarni asfaltlash;

– kam ta’minlanganlarga nafaqalar;

– uylarni ta’mirlash uchun subsidiya ajratish va boshqa muammolar.

Bildirilgan barcha muammolar deputat nazoratiga olindi va ularni hal qilish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilandi.

Aholi bilan tizimli muloqot – muammolarga amaliy yechim kaliti.

Slide 1 of 4