Новости

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlar bilan tizimli ishlar olib borilmoqda

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida 2025-yil 1-iyundan 30-avgustga qadar yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lomlashtirish, kasb-hunarga yo‘naltirish, shuningdek, ta’lim tashkilotlari o‘rtasida yoz oylarida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ustuvor vazifalar sifatida belgilangan.

Shu munosabat bilan xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari D.Normuradova, A.Ashurov va X.Jurayev, Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi rahbari S.Ne’matullayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov shahardagi 13- va 14-sonli umumta’lim maktablarida bo‘lishib “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Slide 1 of 7