DOLZARB 90 KUNLIK
#HARBIY_SPORT_MUSOBAQASI
Joriy yilning 2025-yil 15-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib
oʻtgan videoselektor yigʻilishida yozgi taʼtilni samarali tashkil etish
boʻyicha bir qator ustuvor vazifalar belgilab berilgan edi. Ana shu
topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida va “Yoshlar oyligi” munosabati bilan
16-iyun kuni Uchquduq tumani MMTBga qarashli 18-umumiy oʻrta taʼlim maktabida
Mudofaa vazirligiga qarashli Navoiy viloyati Uchquduq tumanidagi harbiy qism
targʻibot guruhi bilan hamkorlikda “DOLZARB 90 KUNLIK” doirasida oʻquvchi
yoshlar ishtrokida “CHAQMOQ TRENING” harbiy sport musobaqasi oʻtkazildi. Musobaqani
maktab direktori, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Allanova ochib
berdi. Ushbu harbiy sport musobaqasida oʻquvchi yoshlar 5 ta shart asosida
oʻzaro bellashdilar.