Ko‘ksaroy qarorgohida mehmonni kutib olish marosimi yuqori darajada o‘tkazildi
Markaziy Osiyo – Markaziy Yevropa yangi hamkorligi, Toshkent va Bratislava
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso - O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasidagi o‘zaro strategik hamkorlik o‘rnatish haqidagi deklaratsiyani imzoladilar.
Mamlakatlar o‘zaro savdoni rivojlantirish, shuningdek qishloq xo‘jaligi sektorida yirik hamkorlik loyihalarini ishga tushirish, avtomobilsozlikdagi komponentlarni lokalizatsiya qilish, turizm hamda farmatsevtika sohasidagi keng hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish haqida kelishib oldilar. Tomonlar IT-startaplar uchun hamkorlikdagi venchur fondlarini yaratish va migratsiya masalalari bo‘yicha muzokaralar olib borishdi. Slovakiya bosh vazirini o‘zaro savdo aylanmasini 100 mln. yevro gacha ko‘paytirish haqidagi fikrini alohida ta’kidlash o‘tishimiz kerak. Bosh vazir O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan – aeroportlardagi meteorologiya tizimini modernizatsiya qilish, transport sohasidagi intellektual yechimlar, Angrendagi ferroqotishmalar ishlab chiqarish loyihalari va boshqalar haqida so‘z yuritdi.
O‘zbekiston - avtomobilsozlikdagi yoritish tizimi, rezinotexnika mahsulotlari, datchiklar, tormoz tizimi kabi qator butlovchi qismlarni hamkorlikda ishlab chiqarish haqidagi tashabbuslarni ilgari surdi. Shuningdek IT, turizm, energetika va boshqa sohalardagi loyihalar bo‘yicha hamkorlik munosabatlari muhokama etildi.
Yetakchilar huzurida ikki tomonlama hujjatlar, xususan:
Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Slovakiya Respublikasi Bosh vaziri Robert Fitsoning muzokaralari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Uchrashuv avvalida Mirziyoyev ushbu tashrif ko‘p qirrali O‘zbekiston-Slovakiya munosabatlari tarixida sifat jihatidan yangi bosqichni boshlab berishini alohida ta’kidlagan.
Xalq deputatlari Do'stlik tuman Kengashi deputati Ismatova Nafisa Asatullayevna munosabati. https://t.me/XD_deputatlar_dustlik_tuman
https://t.me/Dustlik_kotibiyat