Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashiga 16-“Imon ota” saylov okrugidan saylangan deputat Aliqulov Odiljon Mo‘minovich tomonidan “Shodlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 17-sonli umumta’lim maktabi faollar zalida MFY yettiligi va aholi bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda “Shodlik” MFY Besh yuz qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqaro Tuyakov Abdurashid ichki yo‘llarni asfalt qilish, yangi qurilgan uylarga elektr simyog‘ochlar (10 dona) o‘rnatish;
“Shodlik” MFY markazida istiqomat qiluvchi fuqaro Xakimov Abduali aholi tomorqasiga keluvchi oqar suv tizimni yaxshilash;
“Shodlik” MFY Uch tom aholi yashash punktida istiqomat qiluvchi fuqaro Irisaliyev Anorboy usatkaga o‘tish uchun ko‘prik qurish masalalarida murojaat qildilar.
Uchrashuvdan so‘ng deputat “Dolzarb 90 kunlik” doirasida 17-sonli umumta’lim maktabida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazdi, kamchiliklar yuzasidan maktab ma’muriyatiga tegishli tavsiyalar berildi.