⚡️Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Azamat Pardaev Oqdaryo tumanida bo‘lib, xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri D.Adilova hamda tegishli mas’ullar bilan birgalikda Dahbed mahallasidagi Maxdumi Azam ziyoratgoxida amalga oshirilayotgan qurilish ta’mirlash ishlari yuzasidan o‘rganish olib bordi. O‘rganish davomida ta’mirlash ishlarini sifatli bajarish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish borasida mas’ullarga zaruriy ko‘rsatma va tavsiyalarini berib oʻtdi.